Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BMB HOLDING” ishchi-xizmatchilari paxtakorlarga ko‘makka keldi (+video)
16:41 / 2024-10-24

Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan hosil yig‘im-terimi, qurilish, qo‘y-qo‘zilar junini qirqish kabi ko‘pchilik bo‘lib amalga oshirsa tez bitadigan ishlarni hashar yo‘li bilan amalga oshirib kelishgan.

Hashar qavmlarda, qarindosh-urug‘da, do‘stu yorda, qishloqdoshlarda o‘zaro birodarlik, birdamlik, jipslik hissini oshirishga xizmat qiladi.

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi “BMB AGRO KLASTYeR”iga qarashli paxta maydonlaridagi hosil yig‘im-terim ishlariga ko‘mak berish maqsadida “BMB HOLDING” kompaniyasi tizimidagi barcha korxona xodimlari hasharda ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov va sektorlar rahbarlari ham yordamga otlangan terimchilar bilan birgalikda ommaviy hasharda ishtirok etdi.

Kech kirib, terim yakunlangach turli o‘yinlar, musobaqalar va ko‘ngilochar tomoshalar tashkillashtirildi.  

[gallery-19961]

Yig‘im-terim ilg‘orlari va belllashuvlar g‘oliblariga kompaniyaning tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alarini “BMB HOLDING” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov topshirdi.

Gulxan atrofida tashkil etilgan kechki tadbirda Shuhrat Daryo, Muhammadali Jo‘rayev kabi o‘zbek estradasining iste’dodli vakillari ijrosidagi musiqiy chiqishlar ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bLHsysvAitk" title="“BMB HOLDING” ishchi-xizmatchilari paxtakorlarga koʻmakka keldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat, video),

O‘zA muxbirlari