Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BMB-Agroklaster” oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda
12:48 / 2022-11-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizda oziq-ovqat klasterlari joriy etilib, bu borada ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Ushbu qaror bilan meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini o‘zaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini oshirish asosiy maqsad etib belgilangan.

“BMB-Agroklaster” korxonasi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda mazkur dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, korxona meva-sabzavotchilik sohasida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va eksport qilish borasida amaliy ishlarga qo‘l urib,  yaxshi tajriba to‘plashga ham ulgurgan.  

Ushbu korxona tomonidan Jizzax viloyatining Arnasoy, Sharof Rashidov hamda G‘allaorol tumanlarida yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari  yetishtirilmoqda.  

Korxona tomonidan bugungi qadar yetishtirilgan kartoshka, pomidor va poliz ekinlari hosili olinib, ichki bozorlarga yetkazib berildi. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan tumanlarda joylashgan fermer xo‘jaliklari bilan kooperatsiya usulida ekilgan yuqori sifatli ertapishar sarimsoq urug‘lari serhosil bo‘lib unib chiqmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “BMB-Agroklaster” korxonasi tomonidan yetishtirilayotgan sarimsoq piyozi va boshqa turdagi ekinlar ichki iste’mol bozorlarini sifatli mahsulot bilan ta’minlash va chet el bozorlariga eksport qilish uchun yo‘naltiriladi.

Ahamiyatlisi, tadbirkorlik sub’ektlari hamda banklar o‘rtasidagi ishonch asosida qurilgan o‘zaro manfaatli munosabatlar qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga, shuningdek, milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

 

O‘zA.