French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bloomberg: Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishi RF nefti jahon bozoriga chiqishini o‘zgartirmaydi
09:32 / 2025-11-28

Blumberg so‘rovida qatnashgan 20 ga yaqin neft savdogari va tahlilchisi Ukraina bilan tinchlik rejasi Rossiya nefti jahon bozoriga yetkazib berilishida sezilarli va darhol o‘zgarish yasamasligini bildirgan. Ular RFga qarshi sanksiyani bekor qilish qiyinligi, yevropaliklar, hatto kelishuvga erishilgan taqdirda ham, Rossiya neftini sotib olmaslik ehtimoli yuqoriligini ta’kidlagan.

- Bizning asosiy ssenariyimiz sanksiya nuqtai nazaridan status-kvo hisoblanadi, - deydi “Goldman Sachs” tahlilchisi Streyven. - Demak, RF nefti qazib olinishi pasayishda davom etadi. Agar tinchlik kelishuvi va sanksiya bekor qilinishi ehtimoli ko‘rinsa, narx taxminan 5 dollar tushishi mumkin.

S.Rahimov, O‘zA