Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bloomberg: Rossiya Ukraina chagarasi yaqinida qo‘shinlarini kuchaytirmoqda
12:23 / 2021-12-24

Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida harbiy texnikalarini joylashtirmoqda. Bloomberg agentligi mudofaa va razvedkaga ixtisoslashgan Britaniyaning Janes kompaniyasi bergan ma’lumotiga tayanib shunday xabarni tarqatmoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlar noyabr oyida zirhli texnikalar va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining qayta joylashtirilayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, Bloombergning tan olishicha, suratlar “joylarda rossiyalik harbiylar unchalik ko‘p emasligini” qayd etmoqda, biroq Rossiya “ushbu kuchlarni havo va temir yo‘l orqali yirik tuzilmalarni tashlash yo‘li bilan juda tez fursatda mustahkamlay oladi", deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, agentlik Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi ma’lumotlariga tayanib, Ukraina chegarasidan 200 kilometrdan uzoq bo‘lmagan  masofada go‘yo Rossiyaning 122 ming askari turganini ma’lum qilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda g‘arb mamlakatlarida “Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorlanmoqda”, qabilidagi tez-tez xabar  tarqalmoqda. Moskva esa ushbu ayblovlarni qat’iyan rad etib, “Rossiya hech kimga tahdid solayotgani yo‘q, qo‘shinlarining mamlakat hududida harakatlanishi hech bir davlatni xavotirga solmasligi lozim. Bunday ayblovlar NATOning Rossiya chegarasi yaqinida ko‘proq qo‘shinlarini joylashtirish uchun bir bahona, xolos” deb bayonot bermoqda.