English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bloomberg: FRG raketaga qarshi mudofaa tizimlarini mustahkamlash uchun 17 milliard yevro ajratadi
13:37 / 2023-02-02

"Germaniya ko‘p qatlamli raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratishda ishtirok etadigan bir qator harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan muzokara olib bormoqda. Mazkur loyiha 17 milliard yevroga baholanmoqda", – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Bu borada Germaniyaning Diehl Defence GmbH kompaniyasi bilan narxi 2 milliarddan 3 milliard yevrogacha baholanayotgan IRIS-T tizimini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, xarid rejasiga Isroilning Arrow 3 raketaga qarshi mudofaa tizimi ham kiritilgan, unga 4 milliard hamda Amerikaning Patriot tizimiga 10 milliard yevro ajratiladi.

Avvalroq Reuters agentligi Germaniya raketaga qarshi IRIS-T tizimidan sakkiz dona sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Ushbu xarid rejasi 2023 yilning ikkinchi choragida parlamentga ma’qullash uchun taqdim etiladi, deyiladi xabarda.