Bloomberg agentligi adashib Rossiya Ukrainaga bostirib kirgani haqida xabar tarqatib yubordi
"Biz ko‘plab ssenariylarga sarlavha tayyorlaymiz va "Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi” sarlavhasi tasodifan soat 16:00 da saytimizda e’lon qilindi.
Biz ushbu xatomizdan chuqur afsusdamiz", — deyiladi agentlikning shanba kuni o‘z saytida e’lon qilgan xabarida.
Ta’kidlanishicha, agentlik rahbariyati bo‘lib o‘tgan voqea sababini aniqlashmoqda.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlari hamda Kiyevda Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirish ehtimoli haqida ko‘p ta’kidlanmoqda. O‘z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotlar mintaqada keskinlikni oshirishga qaratilgan quruq va asoslanmagan xabar ekanini aytib o‘tdi.