Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blogerlar javobgarlikka tortildi
14:06 / 2025-06-23

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan ayrim blogerlar tomonidan bukmekerlik xizmatlarini ochiq va jozibali shaklda reklama qilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa amaldagi qonunchilik normalariga zid bo‘lib, jamoatchilik orasida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan  Raqobat qo‘mitasi tomonidan axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan tizimli o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar qaysi shaxslarga tegishli ekani aniqlanib, Raqobat qo‘mitasi tomonidan blogerlar  belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra, mamlakat hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish orqali qonunga zid faoliyatni targ‘ib etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishi  ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratuvchilarni qonunchilik talablariga rioya etishga, jamiyat oldida mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.

N.Rahmonova, O‘zA