Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinkenning Kiyevga tashrifi va Rossiya hukumatidagi o‘zgarishlar haqida (+video)
17:19 / 2024-05-15

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga kutilmagan diplomatik tashrif bilan keldi. U Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, mamlakat shimoli-sharqidagi Xarkov viloyatida yangi front chizig‘ini ochgan rus qo‘shinlarini siqib chiqarish uchun harakat qilayotganini bildirdi.

Uzoq kutilgan 61 milliard dollarlik harbiy yordam qabul qilingandan keyin Qo‘shma Shtatlar rasmiysi amalga oshirgan ilk safar doirasida Blinken Kiyevga erta tong poyezdda yetib keldi. Nomi oshkor etilmagan AQSH rasmiysiga ko‘ra, maqsad og‘ir vaziyatda qolgan ukrainaliklarga ishonch signalini bildirish. Blinken Kiyevga 2022-yil fevraldan buyon to‘rtinchi bor keldi. Bundan avvalgi tashrif o‘tgan yil sentyabriga to‘g‘ri kelgan.  

Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, mehmon Prezident Vladimir Zelenskiy va mamlakatning boshqa yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashgan. Jang maydonida Rossiyaga qarshi real o‘zgarishlar qilishga va’da bergan.  

– Yordam hozir yo‘lda, bir qismi yetib kelgan, qolgani ham keladi. Kuchli, muvaffaqiyatli, gullab-yashnayotgan, erkin Ukraina Rossiyaga eng yaxshi tanbehdir – degan Qo‘shma Shtatlar rasmiysi.  

O‘z navbatida Zelenskiy ittifoqchisining yordamini olqishlab, asosiy muammo havo mudofaasi bilan bog‘liqligini, shuningdek Xarkov aholisi va askarlar havo hujumi ostida qolayotganini aytgan.  

Ukraina Oliy Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy va mudofaa vaziri Rustem Umerov, AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, mudofaa vaziri Lloyd Ostin va yana bir necha yuqori rasmiy frontdagi vaziyat yuzasidan muzokara o‘tkazgan. Dushanba kuni Sallivan qurol-yaroq jo‘natilishini tezlashtirishga harakat qilinayotganini bildirgan.  

– Kechikish Ukrainani inqirozga yetakladi, mamlakatni bu holatdan imkon qadar tezroq chiqarish kerak, – deydi Sallivan.   

Rossiya rahbariyati tarkibida juz’iy o‘zgarish yuz berdi. 2012-yildan buyon mudofaa tizimini boshqarib kelgan, endi Xavfsizlik Kengashi kotibi etib tayinlangan Sergey Shoygu joyini iqtisodchi Andrey Belousovga bo‘shatib berdi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3Jjhb2kYsmg" title="Blinkenning Kiyevga tashrifi va Rossiya hukumatidagi oʻzgarishlar haqida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Yangi mudofaa vaziri Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi bosh direktori, iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya departamenti direktori, 2012-2013-yillarda RF iqtisodiy rivojlanish vaziri bo‘lib ishlagan. 2013-2020-yillari Prezident yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2020-yil 21-yanvarda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.  

Xavfsizlik Kengashini boshqargan Nikolay Patrushev Putinning yordamchisi etib tayinlandi.   

Sardorbek Poyonov, Doniyor Yoqubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA.