Blinken: Yadro qurolidan foydanilsa, bizda qarshi chora bor
AQSH ma’muriyati Rossiya ehtimoliy yadro qurolidan foydalangan taqdirda Ukraina atrofidagi vaziyat mavjud mojaro kengayishiga olib kelmasligini ta’minlashga qaratilgan reja ishlab chiqqan. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Entoni Blinken “CBS” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Jurnalistning Rossiya yadroviy qurol ishlatgan taqdirda ma’muriyatning javob rejasi bormi, degan savoliga Blinken “bizda bor”, deya qisqa javob bergan.
Bosh kotib voqea rivoji shunday davom etsa, Vashington qanday aniq qadamlar qo‘yishi mumkinligini muhokama qilmagan, dedi.
«Oqibat qanday bo‘ladi?», degan savolga «Yadro qurolidan har qanday foydalanish, albatta, qurolni qo‘llagan va boshqa ko‘plab boshqa mamlakatlar uchun halokatli oqibatlarga olib keladi», deb javob qaytargan Blinken.
Davlat kotibi ta’kidlaganidek, AQSH ma’muriyati Rossiya rasmiylariga yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha mas’uliyatsiz bayonotlarni to‘xtatish zarurligini aytgan.
O‘zA