Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken Ukraina qurolli kuchlari yaqin haftalarda qarshi hujumga o‘tishini ma’lum qildi
15:56 / 2023-04-07

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Fransiyaning Ouest-France nashriga bergan intervyusida Ukraina yaqin haftalarda qarshi hujumga o‘tishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlayotgan g‘arb mamlakatlarida Ukraina inqiroziga aralashishga tegishli ikkita maqsad shakllangan.  

“Birinchidan, Ukraina yaqin haftalarda qarshi hujumga o‘tib bo‘lsada, o‘z hududini qaytarib olishi uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatni ishga solish. Ikkinchi maqsad esa,  Ukrainaga o‘zining o‘rta muddat va uzoq muddatli imkoniyatlarini yo‘lga solib olishiga yordam berish”, – dedi Blinken.  

AQSH Kiyevga Qrim va Donbassni egallab olishi uchun yordam beradimi, deb berilgan savolga Blinken  bunday qaror uchun mas’uliyat  Ukraina tomonida, deb javob bergan.  

“Bu Ukraina qarori bo‘ladi. Bu demokratiya, Prezident Zelenskiy Ukraina xalqining hohish-irodasini bajaradi. Shunday ekan, ushbu qaror ukrainaliklar zimmasida. Boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan birga biz Ukrainaning ushbu sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – deb javob bergan davlat kotibi.  

Avvalroq Reuters agentligi Ukraina hujum Gvardiyasi, deb nomlangan sakkizta zarbdor brigadani tayyorlaganini, ular jami 40 ming kishidan iborat ekani haqida ma’lum qilgan edi. Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov  Wyborcza gazetasiga bergan intervyusida qarshi hujum yog‘ingarchilik va loygarchiliklar  to‘xtaganida boshlanishi mumkinligini ma’lum qilgan.