Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken: Turkiya zilzilasidan chuqur qaygʻudaman
09:32 / 2023-02-20

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya janubiy-sharqidagi zilziladan chuqur qaygʻuda ekanini aytdi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli bilan yer qimirlagan hududlarga borgan amerikalik diplomatning bayonotida, jumladan, shunday deyilgan:

- Zilzila keltirib chiqargan vayronagarchilikni oʻz koʻzim bilan koʻrib, chuqur qaygʻuga tushdim. Qoʻshma Shtatlar qutqaruv-qidiruv ishida Turkiyaga imkon qadar yordam berish ishiga sodiq qoladi.

Davlat kotibi AQSH tabiiy ofat oqibatini bartaraf etishda “Turkiya va Suriya xalqlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi”, deya qoʻshimcha qildi.

“Anadolu” agentligi xabariga koʻra, Turkiyaga ikki kunlik tashrifi doirasida Blinken yakshanba kuni Adanadagi Injirlik havo bazasiga yetib keldi, uni Chavushoʻgʻli kutib oldi, keyin vazirlar zilzila hududlariga joʻnagan.

OʻzA