Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken shu oy Xitoyga borishi mumkin
17:59 / 2023-06-07

“Financial Times” xabar berishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken shu oy ichida Xitoyga tashrif buyuradi. Gazeta xabariga ko‘ra, bu voqea Pekin va Vashington munosabati barqarorlashganidan darak beradi. Ikki tomonlama aloqa so‘nggi o‘n yilliklarda eng past darajaga tushgan edi.

Nashr eslatishicha, mazkur tashrif bir necha oy avval amalga oshirilishi kerak edi. Blinken AQSH osmonida Xitoy shari paydo bo‘lishi tufayli safarini bekor qilgandi.

“Prezident Jo Bayden va Xitoy Raisi Si Szinpin o‘tgan yil noyabr oyida Balida bo‘lib o‘tgan “G20” sammitida munosabatni me’yoriga keltirish bo‘yicha kelishgan edi”, deyiladi xabarda.  

Binobarin, Davlat departamenti Blinkenning Xitoyga bo‘lajak tashrifini hali tasdiqlamadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ham bu ma’lumotga izoh berishni xohlamagan.  

O‘zA