Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken Pol Uilan bilan telefon orqali gaplashdi
14:31 / 2023-08-17

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyada josuslikda ayblanib, hibsda qolayotgan Pol Uilan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga tayanib, “CNN” xabar berdi.

Blinken Uilandan “sabr-toqatli bo‘lishni so‘rab, uning imkon qadar tezroq uyiga qaytishi uchun hamma imkoniyat ishga solinayotgani”ni bildirgan.

Telekanal ta’kidlashicha, bu Blinken va Uilanning ikkinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali suhbatlashishi. Manba amerikalik Mordoviyadagi ahloq tuzatish koloniyasida saqlanayotganini qayd etib, mahbusga qo‘ng‘iroq qilish imkoni berilganini aytgan.

Mahkumning akasi Devid Uilan ota-onasiga ma’lum qilishicha, “Davlat kotibi bilan ochiq suhbat uzoq davom etgan”. Tafsilotlar oshkor etilmagan.

Blinken Aspen institutida bo‘lib o‘tgan yillik xavfsizlik forumidagi chiqishida Rossiya bilan kelishmovchilikka qaramay, mahbuslarni almashish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ham Vashington bilan mahbuslar almashish yo‘lagi saqlanib qolgani, bu borada muzokara davom etayotganini tasdiqlagan.