Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken: Pekin Tayvan atrofidagi vaziyatga nisbatan tajovuzkor bo‘lib bormoqda
10:57 / 2022-09-26

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “CBS” telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, “Xitoy Tayvanga nisbatan tobora agressiv harakat qilmoqda. Bu butun mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka tahdid solyapti”.

Blinken Qo‘shma Shtatlar bo‘g‘ozda tinchlikni saqlashdan manfaatdor ekani, jumladan, Tayvan yarim o‘tkazgich ishlab chiqarish bo‘yicha muhim markaz ekanini eslatib o‘tdi:

“Agar Tayvanda biror kor-hol sodir bo‘lsa, oqibati global iqtisodiyotni halokatga yetaklaydi. Zero, yarim o‘tkazgich ishlab chiqarish bo‘yicha Tayvan dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi”.

AQSH Prezidenti Jo Bayden avvalroq shu telekanalga intervyusida Amerika armiyasi Xitoydan “bosqin” bo‘lsa, Tayvanni himoya qilishini aytgan.

O‘zA