Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken kelasi yil boshida Xitoyga boradi
14:04 / 2022-12-02

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning ma’lum qilishicha, u kelasi yili yanvar yoki fevral oyida Xitoyga safar qiladi.

"Biz Xitoyga yil boshida boramiz – bu yanvar yoki fevral oyi bo‘ladi, hali yakuniy qarorga kelganimiz yo‘q", - degan Blinken France 2 telekanaliga intervyu berganda.

Avvalroq u XXRga safar qilish  maqsadi yaqinda bo‘lib o‘tgan  G20 sammitida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Xitoy raisi Si Szinpin uchrashuvida kelishib olingan masalalarni yanada takomillashtirishga qaratilishini aytgan edi.