English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken: AQSH Tayvanga yordamni davom ettiradi
10:45 / 2022-10-18

Qo‘shma Shtatlar Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etish niyatida, biroq “yagona Xitoy” siyosatidan voz kechmoqchi emas.

Bu haqda AQSH Davlat Departamenti kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. “Biz Tayvanga nisbatan Amerika qonunlari doirasida orol o‘zini himoya qilish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashi uchun majburiyatlarimizni bajarishni qat’iy davom ettiramiz. Biz bitta Xitoy siyosatiga tubdan sodiqmiz. Bu o‘zgarmagan, o‘zgarmaydi ham”, dedi Blinken. Uning ta’kidlashicha, Tayvan yondashuvini Vashington emas, balki Pekin o‘zgartirgan. 

“So‘nggi yillarda Pekinning Tayvanga nisbatan yondashuvida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. O‘rnatilgan ijobiy status-kvoni saqlab qolish o‘rniga, endi uni qabul qilish mumkin emas, degan qarorga kelingan”, dedi departament kotibi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, Pekin tanlagan yo‘l “status-kvo uchun chuqur halokatli va ulkan keskinlikni keltirib chiqaradi”.