Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken: AQSH Isroilga qo‘shimcha harbiy yordam yuborishi mumkin
22:18 / 2023-10-08

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilning harbiy yordam bilan bog‘liq so‘rovini qabul qilgan, uning ijrosi bugunning o‘zidayoq ta’minlanishi mumkin.

CNN telekanali xabariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroilga Falastinning XAMAS guruhiga qarshi kurashishi uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishini buyurgan.

Blinken, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Isroilda bedarak yo‘qolgan AQSH fuqarolari va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot olganini qayd etdi. Vashington hozir ushbu ma’lumotni tekshirayotgan ekan.

Diplomat AQSH ma’muriyati muzlatilgan mablag‘larning bir qismini Eronga qaytarish haqidagi qarori XAMASga hech qanday yordam bermasligiga ishontirdi, chunki Tehron bu pullarni faqat gumanitar ehtiyojga sarflaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha G‘azo sektoridan Isroilning janubiy va markaziy hududlariga raketa hujumlari uyushtirildi. Yuk mashinalari orqali o‘nlab falastinlik jangarilar Isroilga kirib kelgan.

O‘z navbatida, Isroil mudofaa kuchlari XAMASning keng ko‘lamli hujumi tufayli “Temir qilichlar” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

 

B.Xudoyberdiyev tayyorladi.