Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blinken amerikaliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi
12:29 / 2023-03-31

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken The Wall Street Journal nashrining jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olingani sababli Rossiyada bo‘lib turgan Amerika fuqarolarini tezlik bilan ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi.

"Davlat departamenti uchun xorijda yurgan AQSH fuqarolarining xavfsizligi eng ustivor hisoblanadi. Biz AQSH fqarolarining Rossiya hududida bo‘lishi o‘ta xavfli ekani haqidagi keskin ogohlantirishimizni yana bir bor takrorlaymiz.  

Amerikaning Rossiyada yashayotgan yoki sayohat qilib yurgan fuqarolari bu mamlakatni zudlik bilan tark etishi kerak”, – degan Blinken AQSH davlat departamenti tomonidan tarqatilgan bayonotda.