Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Blefaroplastika natijasi nimaga bog‘liq? (+video)
20:08 / 2025-09-25

So‘nggi yillarda plastik jarrohlik va kosmetologiya sohalarida blefaroplastika eng ommabop yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu muolaja orqali yuqori va pastki ko‘z qovoqlaridagi yoshga doir o‘zgarishlar, shuningdek, tug‘ma anatomik xususiyatlar estetik va funksional jihatdan bartaraf etiladi.

Blefaroplastika — bu ko‘z qovoqlarining shaklini yaxshilash, nigohni ochiqroq va jozibaliroq qilishga xizmat qiluvchi estetik jarrohlik amaliyotidir. Bu nafaqat tashqi ko‘rinishni o‘zgartiradi, balki insonning umumiy qiyofasi va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Blefaroplastika asosan quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

Qovoq terisining bo‘shashishi va osilishi;

Markaziy Osiyo irqiga xos “sangapuri” ko‘z shaklini o‘zgartirish istagi;

Ko‘z osti sohasida yog‘li to‘qimalar (xaltachalar)ning osilib qolishi;

Qovoqlardagi shish va simmetriyaning buzilishi.

Blefaroplastik operatsiyalarga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Bu esa jarrohlik amaliyotlariga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganidan darak beradi. 

Bugungi suhbatimizda aynan shu mavzular — kimlar blefaroplastikaga murojaat qilmoqda, ayni damda eng ommabop operatsiyalar qaysilar, xavfsizlik masalalari, zamonaviy trendlar va psixologik motivlar haqida tajribali mutaxassis fikrlarini tinglaymiz.

To‘liq mazkur havolada.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/e8Ozm6j33uc" title="Blefaroplastika natijasi nimaga bog`liq?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dildora Doʻsmatova,

Abror Sodiqov, Anvarxoʻja Ahmedov (video),OʻzA