English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznesni rivojlantirish yo‘lida
15:42 / 2024-11-08

Buxoroda “Zamonaviy texnologiyalar asosida manzarali o‘simliklar va gullar yetishtirish, ushbu yo‘nalishda biznesni tashkil etish” masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarga ushbu mavzuga qiziqqan viloyat tumanlaridan xotin-qizlar taklif qilindi. Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Germaniya taraqqiyot banki (KfW) va Biznes va finans konsalting (BFC) GmbH moliyaviy ko‘magida o‘tkazildi.  

Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, aholi o‘rtasida gulchilikni ommalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 avgustda “Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi, 2023 yil 23 oktyabrda “Gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilingan.  

– Ushbu qarorlarda tadbirkorlik sub’ektlarini, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni ushbu yo‘nalishdagi bilim va salohiyatlarini oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu asosda, tadbirkorlar, ishsiz xotin-qizlar va yoshlar manzarali o‘simliklar va gullar yetishtirish va biznesni yo‘lga qo‘yishga ega bo‘ladi, – deydi viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Ibragimova.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.