“Biznesni rivojlantirish banki” ATB BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qo‘shildi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global shartnomasi (UN Global Compact) – xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanish sohasidagi yirik tashabbus, deb tan olingan. Hujjat barcha a’zo kompaniyalarni barqaror va ijtimoiy mas’uliyatli faoliyat yuritishga undashi bilan ahamiyatlidir.
Global shartnomaga qo‘shilish orqali “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘z faoliyati va strategiyasini BMT Global kelishuvining inson va mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida umum e’tirof etilgan 10 ta tamoyiliga muvofiqlashtirish, BMT Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini amalga tatbiq qilishda, shuningdek, mas’uliyatli biznes amaliyotlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va oshkor etishda tashabbus ko‘rsatish majburiyatini olgan.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Global shartnoma doirasidagi faoliyatida BMT agentliklari, mehnat guruhlari, xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiya qilinadi.
O‘zA