Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznesni rivojlantirish banki ACCA e’tirofiga sazovor bo‘ldi
11:15 / 2025-11-13

Toshkentda nufuzli xalqaro tashkilot – ACCA (Sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi) tashabbusi bilan, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB bosh homiyligida “Uzbekistan Future CFO” (Bo‘lajak moliyaviy direktor) tanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va  KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning 30 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etishdi.

Turli shartlar orqali qatnashchilarning buxgalteriya, moliya va soliq yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda ilk bor, Markaziy Osiyoda esa ikkinchi marta o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki"ning mazkur loyihadagi ishtiroki bankning ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi ezgu intilishlarini ifodalaydi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 nafar talaba bankda 3 oylik amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

ACCAning Markaziy Osiyodagi rasmiylari o‘z navbatida, «O‘zbekistonning bo‘lajak moliyaviy direktor» milliy tanlovining Bosh homiysi sifatidagi faol ishtiroki va beqiyos hissasi uchun «Biznesni rivojlantirish banki»ga alohida minnatdorlik bildirib, maxsus sertifikat bilan taqdirladi.

«Bankning yosh moliya mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda buxgalteriya va moliya kasbining rivojiga qo‘shgan hissangiz yuksak qadrlanadi», — deyiladi ACCA axborotida.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida