Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes vakillari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
15:02 / 2023-08-30

Poytaxtimizda Biznes ombudsman tomonidan davlatimiz rahbarining 2023 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar va fermerlar uchun "Biznes va inson huquqlari" mavzuida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari mas’ul mutaxassislari hamda tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etgan seminarda tadbirkorlar va fermerlarning murojaatlari tinglandi. Mazkur murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.  

Xususan, tadbir davomida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi tadbirkorlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi savollari tinglandi va ularga huquqiy tushuntirish berildi. 

Toshkent shahridan qatnashgan tadbirkorlar qonunchilik asoslari, sohadagi qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan keng tanishdi. Andijon va Navoiy viloyatidan biznes vakillari yer bilan bog‘liq huquqlari va ularni amalga oshirish mexanizmlarini o‘rgandi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA