O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda muassasa rahbariyati, ta’lim sohasi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Mazkur ta’lim dargohi mamlakatimizda biznes boshqaruvi, loyihalarni boshqarish, IT-biznes va “yashil” iqtisodiyot kabi sohalarda kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rniga ega.
Oliy maktabni magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 222 kishi tamomladi. Shuningdek, muassasa Janubiy Koreyaning Adju universitetini bilan hamkorlikdagi “IT Business” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “Ikki diplom” dasturi asosida 17 o‘qishni yakunladi. Tadbirda ushbu bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar topshirildi.
Magistrlar o‘qish davrida yuqori sifatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Zamonaviy bilimlarga ega bu mutaxassislar mamlakatimiz ravnaqi uchun munosib o‘z hissasini qo‘shishlariga ishonch bildirildi.
O‘zA
A’lo Abdullayev olgan surat.