Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-tur ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi
09:47 / 2023-06-12

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani va Buxoro shahrida “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida biznes-tur tashkil etildi.

– Biznes-turda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan, biznesini rivojlantirgan, imtiyozli kreditlar olib jamiyatda o‘z mavqeini ko‘targan, shuningdek, boshqa ishsiz ayollarning bandligini ta’minlagan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdik, – deydi AT “Xalq banki” Buxoro viloyati filiali boshlig‘ining ayollar va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari Nargiza Latipova. – Bankimiz tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilda 5 ming 379 nafar fuqaroga 120,3 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Davlat dasturlari asosida ajratilayotgan kreditlar asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlarida bo‘lgan fuqarolarga ajratilmoqda. 

Biznes-tur ishtirokchilari G‘ijduvon tumanidagi “O‘ktamjon Mirzaalimov” milliy shirinliklar tayyorlash korxonasi, “Hamidova Dilfuza” YATT milliy liboslar tikish sexi, oilaviy tadbirkor Mavjuda Allayeva tikuv sexi hamda Buxoro shahridagi Nargiza Allakovaning “Nargiza dizayn” firmasida bo‘ldi.

AT “Xalq banki” Buxoro viloyati filiali hamkorligida tashkil etilgan mazkur biznes-turdan opa-singillarimiz motivatsiya olib, o‘zlari ham kelajakda shu tadbirkorlar singari faoliyat boshlash istagini bildirdi.

Biznes-tur chog‘ida xotin-qizlardan 10 nafari tadbirkorlarga shogird sifatida biriktirilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Zarif Komilov, O‘zA