Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 500 million so‘m undirildi
17:45 / 2022-10-14

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Business” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) sud qarori ijrosi ta’minlanmaganidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yildagi qaroriga muvofiq, jamiyat foydasiga “Xorazm Temir Yo‘l Qurilish” UK hisobidan 482,9 million so‘m qarzdorlik va 12,4 million so‘m penya undirilishi belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida jamiyat tomonidan Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyat boshqarmasiga barcha tegishli hujjatlar taqdim etilgan. Shunga qaramasdan, sud qarori ijrosi ta’minlanmagan.

Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan jamiyat foydasiga jami 500,7 million so‘m undirildi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi “Atlant” dehqon xo‘jaligi (nomi o‘zgartirilgan) soliq organining qaroridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Xususan, Vobkent tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan dehqon xo‘jaligining faoliyatida kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaligiga 29,3 million so‘mlik soliq hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bunda, soliq organi tomonidan fermer xo‘jaligiga nisbatan soliq imtiyozi, ya’ni aylanmadan olinadigan soliq stavkasi nol foiz miqdorida qo‘llanilishi inobatga olinmagan.

Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida Vobkent tumani davlat soliq inspeksiyasining fermer xo‘jaligiga nisbatan 29,3 million so‘mlik soliq hisoblash to‘g‘risidagi qarori bekor qilindi.

O‘zA