Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsmanga to‘sqinlik qilgan shaxslar jarimaga tortildi
15:00 / 2022-09-23

Mamlakatimizda tadbirkorlar huquqiy himoyasini kuchaytirish, xususiy mulkni himoya qilish, biznes muhitni yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Prezident huzurida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tashkil etildi.  

Mazkur tuzilmaga tadbirkorlar himoyasini yanada mukammallashtirish, ishbilarmonlarning haq-huquqlari, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, bunday huquqlarni buzish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati berildi.  

Bu mansabdor shaxslar qarorlar qabul qilish jarayonida o‘z harakat va harakatsizliklarining tadbirkor huquqlariga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi, o‘z navbatida, buning oqibatlari o‘ziga qanday ta’sir qilishini chuqurroq o‘ylab ko‘rishi kerakligini ham anglatadi.    

Biznes-ombudsman murojaat qilayotgan tadbirkorlarning huquqlarini tiklash, tadbirkorlar huquqlarini buzayotgan mansabdor shaxslarga ta’sir choralari ko‘rish borasida izchil faoliyat olib bormoqda.    

Biznes-ombudsman devoniga «Servis Sardor» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari (sub’ekt nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, huquqini tiklashda amaliy yordam so‘radi.  

Aniqlanishicha, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining Bektemir tumani bo‘limi tomonidan jamiyat foydalanib kelayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga keluvchi gaz tarmoqdan uzib qo‘yilgan.  

Qisqa muddatli tekshirish jarayonida shoxobcha faoliyatini to‘xtatib turishga asos bo‘lmasa ham “O‘zneftgazinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasining xatiga asosan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turgan.  

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tadbirkor murojaati asosida o‘tkazilgan tekshirish natijasi bo‘yicha “O‘zneftgazinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialiga so‘rov xatlari yubordi. Natijada tadbirkorning muammosi hal etilib, faoliyat ko‘rsatishni boshladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning hamda uning devoni xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganligi sababli “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining qarori bilan filial rahbari T.G.ga  jarima solindi. 

Shu kabi Biznes ombudsman xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan Toshkent shahar DSB, Yashnobod, Yangi hayot tumanlari hokimligi mas’ul xodimlari ham jarimaga tortildi.  

 

A.Karimov, 
Biznes-ombudsmanning Toshkent shahri sho‘’basi rahbari.  
O‘zA