Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman va Buyuk Britaniya Moliyaviy ombudsmani o‘rtasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi
14:39 / 2024-01-26

Shu kunlarda mamlakatimiz biznes vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Londonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov Buyuk Britaniya Moliyaviy ombudsman xizmati vakillari bilan uchrashdi.  

Uchrashuv davomida taraflar tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi ombudsman institutlarining vazifa va funksiyalari bilan tanishdi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Moliyaviy ombudsman xizmati kreditlash, sug‘urta va boshqa moliyaviy vositalarga oid murojaatlarni ko‘rib chiqishi qayd etildi.  

Taraflar ikki davlat xususiy sektorlari vakillariga ko‘maklashish maqsadida tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA