Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman tadbirkorning murojaatini hal qildi
10:48 / 2023-10-19

Buxoroda to‘rt nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi “B.A.B.” MCHJ rahbari Biznes-ombudsmanga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan murojaatlariga javob xati berilmaganligidan shikoyat qildi. Shikoyatda shartnoma yuzasidan qarzdorliklarni undirishda amaliy yordam so‘ralganligi ko‘rsatilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan Kogon shahri, Kogon, Vobkent hamda Romitan tumanlari kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarining to‘rt nafar mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Jarima jazosi qo‘llanildi. Shuningdek, shartnomaga asosan to‘lab berilmagan qarzdorliklar undirilishi ta’minlandi.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri