Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman tadbirkorlarning ishonchli vakili
20:33 / 2023-05-08

bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularga davlat organlari tomonidan adolatli va teng munosabatda bo‘lishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratishda Biznes-ombudsmanning hissasi katta.

Xususan, Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Asadulloh-Angor” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) tuman obodonlashtirish boshqarmasining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.  

Aniqlanishicha, korxona tuman obodonlashtirish boshqarmasining buyurtmasiga asosan “Obod qishloq” dasturi doirasida tumandagi “Bahor” va “Zartepa” mahallalarida 405 million so‘mlik piyodalar yo‘lakchasi va “Abdurahmon AUF ota” qabristonida 383 million so‘mlik ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.  

Shartnoma bo‘yicha dastlab 41 million so‘m “avans” sifatida to‘lab berilgan. Lekin tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan jami 747 million so‘mlik qarzdorlikni to‘lab berish rad etilgan.  

Ushbu holat bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan «Asadulloh-Angor” MCHJ manfaatida Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi. Natijada Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 13 martdagi hal qiluv qaroriga asosan, tadbirkor foydasiga Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan 747 million so‘mlik qarz undirildi.  

Shuningdek, Biznes-ombudsman tomonidan yana bir tadbirkor foydasiga 205 million so‘mlik qarz undirilib berildi.  

Curxondaryo viloyati, Termiz tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Angor Shohsanam” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) Termiz tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan “sheben” va “qurilish qumi” mahsulotlarini yetkazib bergan. Lekin Termiz tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan sotib olingan mahsulotlar yuzasidan jami 25,8 mln. so‘mlik qarzdorlikni to‘lab berish rad qilingan.  

Ushbu holat bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan “Angor Shohsanam” MCHJ manfaatida Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi. Natijada Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 24 martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tadbirkor foydasiga Termiz tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan 25,8 million so‘mlik qarz undirildi.  

Bundan tashqari, Surxondaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi “Angor Shohsanam” MCHJ bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, qurilish mahsulotlarini sotib olgan. Biroq Surxondaryo ko‘priklardan foydalanish UK tomonidan sotib olingan mahsulotlar yuzasidan jami 180 million so‘mlik qarzdorlikni to‘lash rad qilingan.  

Ushbu holat bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan “Angor Shohsanam” MCHJ manfaatida Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi. Natijada Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 4 apreldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tadbirkor foydasiga Surxondaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan 180 million so‘mlik qarz undirildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA