French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman tadbirkorga nisbatan qabul qilingan noqonuniy buyruqni bekor qildi
11:56 / 2020-02-14

Ayrim mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo‘lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo‘yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish noqonuniyligini hamon anglab yetmayapti, yer uchastkalarini ajratishda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymoqda.

Masalan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va “ISTEL” MChJ o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, mazkur MChJga yotoqxona binosi investitsiya kiritish majburiyati evaziga sotiladi va mulkiy huquqni tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderi beriladi.

MChJ investitsiya majburiyatini bajargan bo‘lsa-da, boshqarma tomonidan yuqoridagi sotib olish bo‘yicha shartnoma va davlat orderi qonun hujjatlariga zid ravishda buyruq bilan bekor qilingan.

Normativ-huquqiy bazaga nazar tashlasak, shartnomalar bir tomonlama o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi taqiqlanadi. Undan tashqari, boshqarma davlat orderini bekor qilish uchun vakolatga ega emas. Shuningdek, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunga asosan order faqat sud qarori orqali bekor qilinishi mumkinligi belgilangan.

Mazkur holat yuzasidan, Biznes-ombudsman “ISTEL” MChJ manfaatida ma’muriy sudga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan da’vo ariza kiritdi. Natijada, sud tomonidan tadbirkor huquqlari tiklanib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi buyrug‘i bekor qilindi. 

O‘ktam Choriev,
Biznes-ombudsman yetakchi inspektori