French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman shikoyati sudda qanoatlantirildi
17:56 / 2020-01-28

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini hamda ularga davlat organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.


Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini hamda ularga davlat organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Birgina tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlarini ko‘zlab arizalar, da’volar va shikoyatlar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, o‘tgan 2019 yilda tadbirkorlar manfaatida sudlarga jami 22,3 milliard so‘mlik 76 da’vo arizasi kiritilib, shundan 
21 milliard so‘mlik da’volar tadbirkorlar foydasiga hal etilgan bo‘lsa, 18 noqonuniy qaror haqiqiy emas, deb topildi.

Bu borada 2019 yil 12 noyabrdagi “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga qo‘shimcha ravishda sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanini tekshirish haqida murojaat qilish huquqi belgilandi. 
Ushbu qonun asosida Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilib, endilikda Biznes-ombudsman tomonidan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning ishlarida ishtirok etgan-etmaganligidan qat’iy nazar tadbirkorlik sub’ektlarining birinchi instansiya sudlarining qonuniy kuchga kirgan apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya va nazorat shikoyatlari berishga haqliligi kabi normalar kiritildi.

Mazkur berilgan huquq doirasida tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. 
Misol uchun, Nukus tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan “DILNOZA-GULJAHON” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan Nukus shahar davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 21,4 million so‘m soliq undirish belgilangan.

Biznes-ombudsman tomonidan jamiyat manfaatida kiritilgan kassatsiya tartibidagi shikoyat asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudi kassatsiya instansiyasining qaroriga ko‘ra, birinchi instansiya sudining qarori bekor qilinib, jamiyatga nisbatan hisoblangan daromad solig‘i 9,6 million so‘mga o‘zgartirildi.

Toshpo‘lat TURSUNBOEV,
Biznes-ombudsman yetakchi inspektori.