Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BIZNES-OMBUDSMAN: Idoralararo komissiya qarori investitsiyaga toʻsiq boʻldi
09:57 / 2020-06-22

Keyinchalik, komissiya tarmoq jadvalida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar yakunlanmasidan turib tadbirkorga nisbatan taʼsirchan soliq mexanizmlarini qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilgan.


Biznes-ombudsman Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi “Abdulaziz matoga gul bosish” MCHJ manfaatida javobgar – Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan oʻtkazish hamda aniqlash boʻyicha Idoralararo komissiyasi qarorini qisman haqiqiy emas, deb topish toʻgʻrisida Andijon shahar maʼmuriy sudiga daʼvo ariza kiritdi.

Biznes-ombudsman matbuot xizmati xabar qilishicha, “Abdulaziz matoga gul bosish” MCHJga Andijon shahrida 1 milliard soʻmlik boʻyoq sexini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun shahar hokimligi qoshidagi ishchi guruh 2019-yil yanvar oyidan 2019-yil avgust oyi yakuniga qadar belgilangan tarmoq jadvalini tasdiqlab bergan.

Komissiya tomonidan mulkdor bilan birgalikda tarmoq jadvali ishlab chiqilgan boʻlsada, unda koʻrsatilgan muddatlarda MCHJ tomonidan qanday ishlar amalga oshirilgani tekshirilmagan. Bundan tashqari, jamiyat tomonidan investitsion loyiha toʻliq amalga oshirilgan boʻlishiga qarmasdan, tasdiqlangan “Yoʻl xarita”sida koʻrsatilagan chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanmagani va natijada oxirigi uch oy mobaynida obyektga investitsiya kiritilmagani koʻrsatilgan.

Keyinchalik, komissiya tarmoq jadvalida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar yakunlanmasidan turib tadbirkorga nisbatan taʼsirchan soliq mexanizmlarini qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Andijon shahar maʼmuriy sudiga kiritilgan daʼvoga koʻra sud komissiya qarorining “Abdulaziz matoga gul bosish” MCHJga tegishli qismini haqiqiy emas, deb topdi.