English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman fermerlarning muammo va takliflarini tingladi
14:59 / 2023-12-26

Poytaxtimizda Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov rahbarligida O‘zbekiston Agrobiznes uyushmasi vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik sub’ektlarining elektr, soliq, kreditga oid masalalari hamda shu bilan bog‘liq ularning fikr-mulohazalari tinglandi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

Tadbirda qayd etilganidek, yil davomida tadbirkorlar tomonidan 6 ming 699 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 ming 444 tasi bo‘yicha tadbirkorning huquqlari tiklangan, 2 ming 44 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlarning 19 foizi soliqqa, 13 foizi yer, kadastr va arxitekturaga, 14 foizi sud qarori va uning ijrosiga, 12 foizi bank, kredit hamda 8 foizi infratuzilma va boshqa masalalarga oid.  

Shuningdek, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.  

Tadbir davomida qishloq xo‘jaligini barqaror ravishda rivojlantirish, samaradorligini yuksaltirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA