Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman devoni tashkil etiladi
12:14 / 2023-10-17

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) devonining davlat organi sifatidagi maqomi aniqlashtirilmoqda. Ushbu masalani o‘z ichiga olgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

— Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlar soni yildan-yilga oshib bormoqda, — dedi quyi palataning Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi Nodir Jumayev. — Ma’lumki, 2017 yilda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti joriy qilingan edi.  Endilikda oldimizda muhim masala turibdiki, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning devonining huquqiy maqomini yanada oshirish lozim. Shu maqsadda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi bilan yuridik shaxs huquqiga ega davlat organi bo‘lgan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning devonini tashkil etish taklif etilmoqda.  

Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devonining huquqiy maqomini qonun darajasida mustahkamlashga hamda uning davlat organlari, tadbirkorlik sub’ektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.    

Xalq vakillari qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, uni qabul qildilar.  

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA