Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes-ombudsman: 62 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
14:45 / 2023-08-21

AOKAda Biznes-ombudsman rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilning 6 oyi davomida Biznes-ombudsmanga tadbirkorlardan 4 ming 414 ta, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali 3 ming 907 ta murojaat kelib tushgan. Portal orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 19 ta taqdimnoma kiritildi, 62 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

O‘tgan olti oyda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha 3 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.  

Biznes-ombudsman devonida “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portalida ochiq murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish imkonini beruvchi alohida bo‘lim yaratilib, 1100 qisqa raqami orqali murojaatlarni qabul qiluvchi “Call markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

2023 yil 20 iyul–18 avgust kunlari jami 2 ming 549 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1039 tasi “Call-markaz” orqali, 418 tasi “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali va 1092 tasi sayyor qabullar orqali kelgan.  

Ma’lumot uchun: 2022 yil yanvar-iyun oylarida tadbirkorlar faoliyatida jami 89 ming 64 ta tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lsa, joriy yil davriga ushbu ko‘rsatkich 54 ming 199 tani tashkil qilgan.  

2023 yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha 3 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, tadbirkorlik sohasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi 177 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ular bo‘yicha 138 ta takliflar berildi.  

Kelib tushgan murojaatlarning 27 foizi bank-kredit, 14 foizi infratuzilma, 13 foizi yer, bino va inshoot ajratish, 7 foizi soliq, 4 foizi mansabdor shaxslarning xatti-harakati, 3 foizi sud va boshqa organ hujjatlarining ijrosi va 32 foizi boshqa masalalarga oid.  

Eng ko‘p masala kelib tushgan hududlar Qashqadaryo viloyati – 425 ta, Qoraqalpog‘iston – 330 ta, Surxondaryo viloyati – 253 ta, Toshkent shahri – 251 ta, Samarqand viloyati – 239 tanni tashkil qildi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA