Biznes nonushta chogʻida 11 ta bitim imzolandi
Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil qilingan biznes nonushta Oʻzbekiston bilan Rossiya hududlari oʻrtasidagi hamkorlik kelishuvlariga boy boʻldi.
Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil qilingan biznes nonushta Oʻzbekiston bilan Rossiya hududlari oʻrtasidagi hamkorlik kelishuvlariga boy boʻldi.
Tadbir yakuni boʻyicha 8 ta hududlararo va 3 ta kompaniyalararo bitimlar imzolandi. Quyida ushbu hujjatlar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:
1) Chelyabinsk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Namangan viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik haqida bitim.
2) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Samarqand viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
3) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Fargʻona viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
4) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Namangan viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
5) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik sohalarida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
6) Ivanovsk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish haqida bitim.
7) Tyumensk viloyati (Rossiya) hukumati bilan Toshkent viloyati (Oʻzbekiston) hokimiyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik haqida bitim.
8) Moskva hukumati bilan Toshkent shahar hokimiyati oʻrtasida 2018-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlik memorandumi.
9) Orenburg viloyati (Rossiya) hukumati, “RusAgroMarket-Xolding” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “Uztreyd” aksiyadorlik jamiyati (Oʻzbekiston) oʻrtasida bitim.
10) “ARVIAY” X5 Riteyl Grup“ aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) bilan ”Uztreyd" aksiyadorlik jamiyati (Oʻzbekiston) oʻrtasida hamkorlik haqida bitim.
11) Rossiya eksport markazi aksiyadorlik jamiyati bilan Toshkent metallurgiya zavodi masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida strategik sheriklik haqida bitim.
Qayd etish joiz, imzolangan hujjatlar hududlararo hamkorlikni davom ettirish, qoʻshma loyiha va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, investitsiya sohalarida samarali munosabatlarni yanada faollashtirish, ikki mamlakatning eksport salohiyatini koʻtarish va qoʻllab-quvvatlash, davlatlarimiz oʻrtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.