English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes g‘oyadan – tayyor loyihagacha
14:58 / 2025-09-19

“O‘zmilliybank” AJ tomonidan “mahalla bankirlari” uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Mamlakatimizda tijorat banklari faoliyati mahallagacha tushirilgani o‘z natijasini bermoqda. Xususan, o‘tgan yilning 16 dekabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan taklif asosida “Mahalla bankirlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani “mahallabay” ishlash tizimida yangi bosqichni boshlab berdi. 

Xozirgi kunda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Toshkent shahri tumanlarida mahalla bankirlari va mahalla agentlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular aholini tadbirkorlikka jalb etish, mavjud korxonalar salohiyatini kengaytirish va mahallada qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida faollik ko‘rsatmoqda.

“O‘zmilliybank” AJ tashabbusi bilan mahalla bankirlari va agentlarining bilim darajasi, kasbiy malakasi va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida joriy yilning 17 sentyabr kuni “Zakovat Arena” binosida seminar-trening o‘tkazildi. Unda “O‘zmilliybank” AJ va Markaziy bank mas’ullari va spikerlari ishtirok etdi. Tadbir savol-javob, taqdimot va interaktiv materiallar asosida tashkil etildi. Spikerlar hayotiy misollar bilan qanday qilib mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish mumkinligini tushuntirib berdi. 

Tadbir iqtidorli yoshlarni birlashtirgan zakovat intelektual o‘yini bilan yakunlandi va dasturning faol ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu turkumdagi tadbirlar respublikamizning boshqa hududlarida ham o‘tkazilmoqda. 

“O‘zmilliybank”  

AJ matbuot xizmati