English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biznes g‘oya – tadbirkorlikka yo‘l
18:57 / 2017-05-05

Urganchda “Mening biznes g‘oyam” respublika tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Urganchda “Mening biznes g‘oyam” respublika tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ularda soha bo‘yicha malaka va ko‘nikmani shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Markaziy bank va bir qator tijorat banklari hamkorligida o‘tkazilayotgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovi yosh ishbilarmonlarni munosib rag‘batlantirish, ularga ko‘mak berish, turli loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida yoshlarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha biznes loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tijorat banklari, soliq idoralari va boshqa soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga biznes-reja tuzish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish talablari kabi masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 5 mingdan ziyod yosh o‘z biznes g‘oyalari bilan ishtirok etdi. Ular orasidan saralangan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklariga 4 milliard 700 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratish uchun tavsiyalar berildi.

Viloyat bosqichida 115 nafar istiqbolli loyiha va g‘oya tashabbuskorlari ishtirok etdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, 11 nafar yoshning biznes-rejalari ma’qullanib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma berildi.