Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bizga otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatimizga rahmat”
13:40 / 2021-12-02

Farg‘ona viloyatida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari – yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joy bilan ta’minlanmoqda. Prezidentimizning joriy yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan yetim bolalarga Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktirildi. Qo‘qon shahrida Mehribonlik uyi tugatilib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar joylarda tashkil etilgan oilaviy bolalar uyiga olindi. Shuningdek, «Mehribonlik uyi» bitiruvchilarini ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ham aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Farg‘ona va Marg‘ilon shahrida ularga uy-joylar tantanali topshirilgani ham ana shu ishlarning amaliy ifodasidir.


Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchisi Zilola Saydahmedova, Murodjon Muratovga Farg‘ona shahridan, Bahriddin Qodirov va Mayramxon Karimovaga Marg‘ilon shahridan 1 xonali to‘liq ta’mirlangan va jihozlangan uylarning kaliti topshirildi.
–Anchadan beri uysiz edim, bugun o‘z boshpanamga ega bo‘ldim, – deydi Zilola Saydahmedova. – Bu yerda hamma sharoitlar bor. Bizga otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Prezidentimizga va Milliy gvardiya xodimlariga rahmat.
Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Akbarovning aytishicha, topshirilayotgan uylarning barchasi davlat tomonidan to‘liq yangitdan ta’mirdan chiqarildi va zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

M. Sulaymonov, O‘zA