Bizda ilk medallar
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida mamlakatimiz vakillari ham o‘z ishtirokini boshladi.
Quvonarlisi, musobaqa biz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Para pauerliftingchimiz Sultonposhsha Berdiyeva 41 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda 55 kg. tosh ko‘tarib, musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Bahslarda terma jamoamiz a’zolari Tursunoy O‘roqboyeva hamda O‘g‘iljon Zaripova ham shohsupadan joy oldi. O‘roqboyeva mazkur dasturda 55 kg. natija bilan kumush, Zaripova esa 45 kg. tosh ko‘targan holda bronza medaliga ega chiqdi.
Sherbek Islomov,
O‘zA