Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz
16:56 / 2021-01-08

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari shahar va tumanlarda sport to‘garaklari, seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘quvchilar va uyushmagan yoshlar uchun qiziqarli sport bellashuvlari tashkil etmoqda.

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida shahar, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari hamkorligida “Biz yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda yosh avlodning sportga qiziqishini oshirib, ularning jismoniy qobiliyatini, noyob iste’dodini keng namoyon etishiga alohida e’tibor qaratilayotir.  

Sherobod tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan mazkur tadbir ham qizg‘in bahslarga boy bo‘lgani bilan ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Bellashuvlarda to‘garaklar a’zolari sportning “Milliy kurash”, “Boks”, “Futbol” “Stol tennisi” va boshqa turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.  

–Ayni paytda o‘quvchilar va mahallalardagi uyushmagan yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga intilishini ko‘rib, bu tadbirni yil davomida o‘tkazib borishni mo‘ljallayapmiz,–deydi mayor Zafar Aqbo‘tayev.– Shuningdek, ularning harbiy sohaga qiziqishlarini yanada mustahkamlash uchun sport yo‘nalishlari bo‘yicha sahna ko‘rinishlarini, qurol-aslahalar ko‘rgazmasini tashkil etayapmiz. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilayapmiz.

Musobaqa g‘oliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alar topshirildi.

     Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA