Biz xitoyliklarga "o‘zbek tili"ni o‘rgatmoqchimiz (+video)
Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi yangi bosqichlarga ko‘tarilmoqda. Buning natijasini yurtimizdagi har bir soha yo‘nalishida kuzatishimiz mumkin.
Bugungi lavhamiz qahramonlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy tadqiqotchilari Yusuf (Yin Qizhang) va Diana (Wang Wei), ha noto‘g‘ri eshitmadingiz xitoylik tadqiqotchilarimiz O‘zbekistonga yanada osonroq moslashish uchun o‘zlariga qulay ismlarni ham tanlab olishgan.
Lavhamiz ayni 21 - oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, lavhamiz qahramoni nafaqat o‘zbek tilida ravon gapirib balki Alisher Navoiy ijodidan ruboiy aytib berdi. Keling yaxshisi barchasini o‘zingiz tomosha qiling.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TNZtx8zaLUo" title="Biz xitoyliklarga "o‘zbek tili"ni o‘rgatmoqchimiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA