"Biz sportchilar oilasimiz" onlayn sport tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan qishki ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Biz sportchilar oilasimiz" shiori ostida onlayn sport tanlovi e’lon qilingan edi.
Tanlovda munosib qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi oilalar aniqlandi:
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 97-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Humoyun Berdiqobilovlar oilasi birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘ringa Toshkent viloyati Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Shirin Axmataliyevalar oilasi munosib topildi.
Uchinchi o‘rinni Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabinig 3-sinf o‘quvchisi Anora Raxmonberdiyevalar oilasi egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchi oilalar O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.
O‘zA