English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz qanday suv ichyapmiz? (+video)
17:17 / 2023-05-18

O‘zA muxbirining ushbu savoliga “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati bosh mutaxassisi Akmal Qodirov quyidagicha javob berdi.

– Bugungi kunda Respublikamiz aholisining toza suv bilan ta’minlanganlik darajasi 74,4 foizni tashkil qiladi. Bu aholiga tozalangan suv berilmoqda deganidir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IJ1l3DK5Bws" title="Biz qanday suv ichyapmiz?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Aholiga berayotgan suvimiz yer osti va yer ustidan keladi. Har ikkalasi ham tegishli tartibda tozalanib, tekshirilib, so‘ng beriladi. Har bir suv ob’ektida laboratoriyalarimiz mavjud. Suv sifati bakteriologik hamda ximiyaviy tartibda tekshiriladi. Suvning ximiyaviy tartibda tekshirilishi suvning qattiqligi bilan bog‘liq. Ya’ni ichadigan suvimizda og‘ir metallar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Davlat standarti bo‘yicha suvning qattiqligi 10 daraja bo‘lsa, ichishga yaroqli hisoblanadi.  

Bakteriologik holatda esa suvning tarkibi har soatda tekshirilib turiladi. Aholiga borayotgan suv har xil ichki kasallik keltirib chiqarmasligi uchun tekshirilib, quvurlardagi zararli moddalarni o‘ldirish uchun xlor aralashmasi berilib, tozalanib, aholiga yetkazib beriladi.  

N.Rahmonova, D.Yoqubov (+video), O‘zA