Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz korrupsiyaga qarshimiz!
11:25 / 2025-04-11

O‘zbekiston “Adolat” SDP hamda O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning aprel oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Navoiy viloyat va shahar Kengashi tomonidan Navoiy shahridagi 14-umumta’lim maktabida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylangan. 2016-2024 yillarda jami 80 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, 4 ta davlat dasturi tasdiqlangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlar esa “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi. 

Mazkur oylik doirasida partiya faollari tomonidan joylarda aholining turli qatlamlari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Tadbirlarda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, uning oqibatlari misollar bilan tushuntirib berilmoqda.

– Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi,  deydi partiyaning Navoiy shahar Kengashi raisi Odil Shamsiyev. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “korrupsiya – bu davlatimizni ich-ichidan yemirib, milliy xavfsizligimizga raxna soladigan g‘oyat xatarli tahdid va unga qarshi murosasiz kurash olib borish – barchamizning burchimizdir”.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri