Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz korrupsiyaga qarshimiz, taraqqiyot sari olg‘a!
17:01 / 2025-04-08

Korrupsiya – jamiyat va davlat tizimini zaiflashtiradigan, adolatga, ishonchga putur yetkazadigan, nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ma’naviy jihatdan ham halokatli oqibatlarga olib keladigan juda og‘ir illat.

So‘nggi yillarda respublikamizda, umuman jamiyatimizning barcha jabhalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ulkan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari avvalo islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish borasidagi ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligi, korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanini ta’kidladi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi tranformatsiya jarayonida ham korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, korxonada ayni yo‘nalishda qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ichki nazorat tuzilmasi tashkil etilib, xalqaro standart va milliy qonunchilikka asosan, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizmlar joriy qilinmoqda.

Jumladan, korrupsion xavf-xatarlarni baholash, kontragentlarni va ishga qabul qilinadigan nomzodlarni kompleks tekshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bunday holatlarni aniqlash tizimlari yaratildi.

Korxonaning har bir xodimini bu jirkanch illatdan ogoh etish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari, seminar-trening va o‘quv dasturlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar 30 nafar mas’ul yuqori va o‘rta bo‘g‘in xodimlari ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruvi tizimi” xalqaro standarti talablari bo‘yicha o‘qitildi.

Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish maqsadida tizimda raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yish orqali inson omilini kamaytirish choralari ko‘rilmokda. Jumladan, xarid jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida 1S:ERP tizimi ishlab chiqilib, tovar va xizmatlarga ehtiyoj shakllantirilishidan boshlab, shartnoma shartlari bajarilishigacha bo‘lgan jarayonni to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Navoiyuran” DKda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi korporativ veb-sayt ishlab chiqilib, ijtimoiy ahamiyatga ega barcha ma’lumotlar joylashtirib borilmokda. Shu bilan birga veb-sayt xalqaro ESG standarti talablariga moslashtirildi.

Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni jalb kilish maqsadida korxonaning korrupsiya haqida xabar berish aloqa kanallari yaratilib, 24/7 ishonch telefoni yoki murojaat yo‘llash imkoniyati yaratildi. “Navoiyuran” DK xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha fuqarolar +998(79) 507-00-55 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Hozir korxonada ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruvi tizimi” va ISO 37301 “Komplayens boshqarish tizimi” xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Korrupsiya – faqat “kimlarningdir” emas, balki hammamizning jamiyatga munosabatimizdan kelib chiqadi. Ushbu illatga qarshi kurash faqat davlatning ishi emas, fuqarolik mas’uliyati hamdir.

“Navoiyuran” DK PR xizmati