Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz kelajak uchun javobgarmiz
11:06 / 2023-01-11

Buxoroda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil topganining 4 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Dastlab ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy partiya tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi 2019 yilning 8 yanvarida tashkil etildi.  Partiya “Biz kelajak uchun javobgarmiz” g‘oyasini o‘ziga shior qilib oldi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi bu tabiat va inson salomatligi uchun qayg‘uradigan, yoshi, jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, haqiqiy vatanparvarlar, tabiat muhofazasiga jonkuyar va fidoyilar, amaliy harakatlar, kelajakka dadillik bilan intilayotganlar partiyasidir.

[gallery-10225]

– Viloyat partiya tashkilotining a’zolari soni  39 ming 386 nafarni tashkil qilmoqda, – deydi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati partiya tashkiloti raisi Jahongir Sharipov. – Jami a’zolarimizning 20 ming 284 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni 210 tani tashkil qiladi.

Partiyaning ustuvor dasturiy vazifalarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Bu borada viloyat partiya tashkiloti ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik olib bormoqda. Partiya xodimlari, deputatlar va faollar tomonidan o‘tgan 4 yil mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali jami 14355 ta chiqishlar bo‘lgan. 4 yil davomida turli xil loyihalar amalga oshirildi. Ekologik partiya tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tabiat va tarix” bilimdoni radioviktorinasi aholi ayniqsa yoshlarning ekologik bilim va ko‘nikmalirini oshirishda o‘ziga xos muhim o‘rin tutdi.

Partiya a’zolaridan saylangan jami 49 nafar deputatlar tomonidan 2300 dan ortiq  turli targ‘ibot tadbirlari (seminar, uchrashuv, davra suhbati, aksiya va h.k.) tashkil etildi.  Saylovchilar manfaatini himoyalashga qaratilgan turli mazmundagi 1170 ta deputatlik so‘rovlari tegishli korxonalarga yo‘naltirilib,  partiya elektorati talablari ijobiy hal qilindi.

bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat partiya tashkiloti “Yashil makon” va “Yashil qalqon” umummilliy loyihasi doirasida 2021-2022 yillarda hudud iqlimiga mos jami 102 ming dan ziyod daraxt ko‘chatlari ekishda faol ishtirok etdi. Maqsad tabiatda yashillikni ko‘paytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim mo‘’tadilligini saqlash, bog‘dorchilik mahsulotlarining mo‘lligini ta’minlashga hissa qo‘shishdir.

O‘tgan davr mobaynida hududiy bo‘linmalarning “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tashkilotlar hamkorligida “Dolzarb ekologik muammolar va ularning yechimini topishda yoshlarning o‘rni”, 22 mart – Butunjahon suvni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan “Ichimlik suvi muammolarini hal etish”, 15 aprel – Xalqaro ekologik bilimlar kuniga “Ayollarning Ona tabiatga mehrini oshirish”, 5 iyun – Xalqaro atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan “Transchegaraviy ekologik muammolar”, “Ekologiya va yoshlar”,  “Chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari”, “O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Ayollar qanoti” shakllanishi va unda jamoatchi ayollarning o‘rni”, “Ekologiya va biz”, “Ekologik toza mahallam mening”, “Olamni asraylik”,  “Ekologiya va hayot”,  kabi mavzularda davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazildi.

Tadbirning ikkinchi qismida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ekoinnovatsion loyihalari taqdimotini o‘tkazdi.

Tadbir so‘ngida faollar, deputatlar, xodimlar mehnati e’tirof etilib esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. 

 

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA