Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biz kelajagi buyuk davlat farzandlarimiz
18:59 / 2021-07-01

MUNOSABAT 

Yurtimizda 30 iyun – Yoshlar kuni sifatida alohida tantana tarzida o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi bayram ham har bir O‘zbekiston yoshlarining qalbidan alohida joy oldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Jonajon O‘zbekistonimizda barcha sohalarda misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar, samarali ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgani alohida e’tirofga munosib. Ayniqsa, biz, yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar va yoshlar uchun alohida tasdiqlanayotgan qaror va farmoyishlar yana olg‘a odimlashga undayapti.

Birgina iyun oyi yoshlar oyligi doirasida har bir viloyatda alohida e’tibor bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tashkillashtirilgan festival O‘zbekiston yoshlari uchun qator imkoniyatlar eshigini ochdi.

Viloyatlardagi eng chekka hududlarda ham “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, “Kitobxonlik kechalari”, “Debatlar”, “Munozaralar”ning tashkillashtirilgani tahsinga loyiq.

Davlatimiz rahbarining shunday ulug‘ sanada biz yoshlar bilan uchrashuvi, albatta, e’tibor hamda e’tirofidan faxrlanamiz.

Prezidentimiz biz Yoshlar Parlamenti a’zolarini alohida e’tirof etib o‘tgani yoshlarimizni ertangi bo‘lajak Qonunchilik palatasi deputatligiga tayyorlash g‘oyasini ilgari surgani bizga berilgan yuksak ishonch demakdir. Biz ham shu ishonchga munosib farzand bo‘lishga intilamiz. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Biz shu davlatning farzandlarimiz.

Zebiniso Ahmadova,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi.

O‘zA