Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
Milliy gvardiyaga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar, Jasorat maktabi o‘quvchilari, talaba- yoshlar hamda faxriylar ishtirok etgan tadbirning avvali fidoiylarcha xizmat qilib jonajon Vatanimizning yorug‘ kelajagi uchun o‘z jonlarini fido qilgan gvardiyachilar xotirasiga atab barpo qilingan Xotira xiyoboniga gul qo‘yishdan boshlandi.
Shundan so‘ng, "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan yoshlarimizga narkotik va psixatrop moddalarning zararli oqibatlari, jinoiy javobgarlik turlari hamda ularga qarshi kurashish usul va vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida yoshlarga qurol-aslahalar, harbiy texnikalar, badiiy kitoblar ko‘rgazmasi hamda gvardiyachilarning qo‘l jangi va mutaxassis kinologlarning xizmat iti bilan bajargan chiqishlari namoyish etildi. Ayniqsa, Osiyo o‘yinlari va jahon chempionlari bo‘lgan sportchilar bilan uchrashuvlardagi suhbatlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
—Bugungi ochiq eshiklar kuni yoshlar bilan samarali muloqotga imkoniyat berdi. Ularga narkotik va psixotrop moddalarning zararlari, jinoiy javobgarlik turlari hamda unga qarshi kurashish usullari haqida to‘liq ma’lumot berildi,—deydi Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Rustamjon Abdusattorov. — Shu bilan birga, sport mashg‘ulotlari va harbiy texnikalar ko‘rgazmalari yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, psixologik barqarorlikni oshirish va Vatanga sadoqat ruhini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Dzzr552YEJo" title="“Biz giyohvandlikka qarshimiz” " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA